news
07.04.2026
🏥 Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga xalqaro ekspert tashrifi🌍 Palliativ yordam bo‘yicha yetakchi xalqaro mutaxassis — Julie Ling Markazimizga tas...
🏥 Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga xalqaro ekspert tashrifi🌍 Palliativ yordam bo‘yicha yetakchi xalqaro mutaxassis — Julie Ling Markazimizga tashrif buyuradi🗓 Sana: 2026-yil 8-aprel⏰ Vaqt: 10:00📍 Manzil: Toshkent shahri, Arnasoy ko‘chasi, 17A🎓 Ushbu kunda Markazimizda palliativ yordam yo‘nalishida xalqaro ekspert Julie Ling ishtirokida ilmiy-ma’rifiy ma’ruza bo‘lib o‘tadi.🌍 Julie Ling — Yevropada palliativ yordam sohasining yetakchi mut...
🏥 Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga xalqaro ekspert tashrifi🌍 Palliativ yordam bo‘yicha yetakchi xalqaro mutaxassis — Julie Ling Markazimizga tashrif buyuradi🗓 Sana: 2026-yil 8-aprel⏰ Vaqt: 10:00📍 Manzil: Toshkent shahri, Arnasoy ko‘chasi, 17A🎓 Ushbu kunda Markazimizda palliativ yordam yo‘nalishida xalqaro ekspert Julie Ling ishtirokida ilmiy-ma’rifiy ma’ruza bo‘lib o‘tadi.🌍 Julie Ling — Yevropada palliativ yordam sohasining yetakchi mutaxassislaridan biri bo‘lib, 2015-yildan buyon Yevropa Palliativ Yordam Assotsiatsiyasi (EAPC) bosh direktori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur tashkilot Yevropaning 32 davlatidagi 57 ta assotsiatsiyani birlashtiradi hamda dunyoning 48 mamlakatidan individual a’zolarni qamrab oladi.👩‍⚕️ U o‘z faoliyatini hamshiralikdan boshlagan bo‘lib, bugungi kunga qadar 25 yildan ortiq vaqt davomida kattalar va bolalar palliativ yordami sohasida samarali faoliyat olib bormoqda. Julie Ling klinik amaliyot, boshqaruv, ilmiy tadqiqotlar, sog‘liqni saqlash siyosati hamda nodavlat sektorida boy tajribaga ega.🔖 Shuningdek, u Jahon xospis va palliativ yordam alyansi boshqaruvi a’zosi, ko‘plab ilmiy maqolalar muallifi hamda International Journal of Palliative Nursing tahrir hay’ati a’zosi hisoblanadi.🎓 Julie Ling hayotni cheklovchi kasalligi bo‘lgan bolalarni parvarish qilayotgan ota-onalarning ehtiyojlari va tajribalariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqoti asosida PhD darajasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.🤝 Mazkur tashrif palliativ yordam xizmatini rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish hamda bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi sohasida zamonaviy yondashuvlarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.✨ Barcha mutaxassislarni ushbu ilmiy uchrashuvda faol ishtirok etishga chorlaymiz!──────────────🏥 Визит международного эксперта в НПМЦ детской онкологии, гематологии и иммунологии🌍 В Центр прибудет ведущий международный эксперт по паллиативной помощи — Джулия Линг🗓 Дата: 8 апреля 2026 года⏰ Время: 10:00📍 Адрес: г. Ташкент, ул. Арнасай, 17А🎓 В рамках визита состоится научно-образовательная лекция с участием международного эксперта Джулии Линг, посвящённая вопросам паллиативной помощи.🌍 Джулия Линг — один из ведущих специалистов Европы в области паллиативной помощи. С 2015 года занимает должность генерального директора Европейской ассоциации паллиативной помощи (EAPC), объединяющей 57 ассоциаций из 32 стран Европы и индивидуальных членов из 48 стран мира.👩‍⚕️ Начав профессиональную деятельность как медсестра, она более 25 лет работает в сфере паллиативной помощи взрослым и детям, обладая обширным опытом в клинической практике, управлении, научных исследованиях и политике здравоохранения.🔖 Является членом правления Всемирного альянса хосписной и паллиативной помощи, автором научных публикаций и членом редакционной коллегии International Journal of Palliative Nursing.🎓 Защитила докторскую диссертацию (PhD), посвящённую изучению потребностей родителей, ухаживающих за детьми с жизнеугрожающими заболеваниями.🤝 Визит Джулии Линг имеет важное значение для развития системы паллиативной помощи, внедрения международного опыта и совершенствования практических подходов в детской онкологии и гематологии.✨ Приглашаем специалистов принять активное участие!📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube