07.04.2026
🏥 XALQARO AKADEMIK HUB: MUTAXASSISLARIMIZ XALQARO TAJRIBA ALMASHINUVIDAInternational Academic Hub for Pediatric Cancer nomidan ma’lum qilamizki, Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi...
🏥 XALQARO AKADEMIK HUB: MUTAXASSISLARIMIZ XALQARO TAJRIBA ALMASHINUVIDAInternational Academic Hub for Pediatric Cancer nomidan ma’lum qilamizki, Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassisi, xalqaro ekspert, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Gleb Olegovich Bronin Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy tadbirda faol ishtirok etdi.📍 2026-yil 1-aprel kuni Samarqand shahrida onkologik statsionarlarda infeksion nazorat, jarrohlik bemorlarda...
🏥 XALQARO AKADEMIK HUB: MUTAXASSISLARIMIZ XALQARO TAJRIBA ALMASHINUVIDAInternational Academic Hub for Pediatric Cancer nomidan ma’lum qilamizki, Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassisi, xalqaro ekspert, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Gleb Olegovich Bronin Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy tadbirda faol ishtirok etdi.📍 2026-yil 1-aprel kuni Samarqand shahrida onkologik statsionarlarda infeksion nazorat, jarrohlik bemorlarda septik asoratlarning oldini olish va davolash masalalariga bag‘ishlangan master-klass tashkil etildi.🔬 Tadbir davomida ko‘p tarmoqli mutaxassislar — jarrohlar, anesteziolog-reanimatologlar hamda epidemiologlar ishtirokida quyidagi yo‘nalishlar keng muhokama qilindi:• zamonaviy infeksion nazorat tizimlari• gospital infeksiyalar profilaktikasi• antibiotiklarga chidamlilik muammolari• ilg‘or davolash yondashuvlari💡 Shuningdek, antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlarni aniqlash va ularning tarqalishini oldini olish bo‘yicha muhim amaliy tavsiyalar taqdim etildi.🤝 Mazkur tadbir bolalar onkologiyasiga qarshi kurash bo‘yicha milliy dastur doirasida tashkil etilib, hududiy mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.✨ International Academic Hub for Pediatric Cancer doirasida amalga oshirilayotgan bunday ilmiy-ta’limiy tashabbuslar — bolalar salomatligini muhofaza qilish, ilg‘or tibbiy bilimlarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.──────────────🏥 МЕЖДУНАРОДНЫЙ АКАДЕМИЧЕСКИЙ ХАБ: НАШИ СПЕЦИАЛИСТЫ В МЕЖДУНАРОДНОМ ОБМЕНЕ ОПЫТОМОт имени International Academic Hub for Pediatric Cancer сообщаем, что специалист Научно-практического медицинского центра детской онкологии, гематологии и иммунологии, международный эксперт, кандидат медицинских наук, доцент Глеб Олегович Бронин принял активное участие в научно-практическом мероприятии, состоявшемся в городе Самарканд.📍 1 апреля 2026 года в Самарканде был организован мастер-класс, посвящённый вопросам инфекционного контроля в онкологических стационарах, профилактике и лечению септических осложнений у хирургических пациентов.🔬 В ходе мероприятия при участии специалистов различных направлений — хирургов, анестезиологов-реаниматологов и эпидемиологов — были подробно обсуждены:• современные системы инфекционного контроля• профилактика госпитальных инфекций• проблемы антибиотикорезистентности• современные подходы к лечению💡 Также были представлены практические рекомендации по выявлению антибиотикорезистентных микроорганизмов и предотвращению их распространения.🤝 Данное мероприятие было организовано в рамках Национальной программы по борьбе с детскими онкологическими заболеваниями и направлено на укрепление знаний и практических навыков региональных специалистов.✨ Подобные научно-образовательные инициативы, реализуемые в рамках International Academic Hub for Pediatric Cancer, играют важную роль в повышении качества медицинской помощи, внедрении передовых знаний и развитии международного сотрудничества в сфере охраны здоровья детей.📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube