Bolalar salomatligini asrash va kasalliklarni erta aniqlash — ustuvor vazifaXorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida bolalar salomatligini asrash, kasalliklarni erta aniqlash hamda patronaj xizmatining samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.Seminar davomida bolalar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan kasalliklarning dastlabki belgilarini o‘z vaqtida aniqlash, profilaktik ko‘riklarning ahamiyati, patronaj hamshiralarining vazifalari hamda ota-onalarning tibbiy savodxonlig...
Bolalar salomatligini asrash va kasalliklarni erta aniqlash — ustuvor vazifaXorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida bolalar salomatligini asrash, kasalliklarni erta aniqlash hamda patronaj xizmatining samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.Seminar davomida bolalar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan kasalliklarning dastlabki belgilarini o‘z vaqtida aniqlash, profilaktik ko‘riklarning ahamiyati, patronaj hamshiralarining vazifalari hamda ota-onalarning tibbiy savodxonligini oshirish masalalari muhokama qilindi.Bugungi kunda tumandagi 86 mingdan ortiq aholi bilan patronaj xizmati orqali muntazam ish olib borilmoqda. Mahallalar, tibbiyot muassasalari va tegishli tashkilotlar hamkorligida bolalar salomatligini nazorat qilish, xavf guruhiga mansub bolalarni aniqlash hamda kasalliklarni imkon qadar erta bosqichda tashxislashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Mutaxassislar ta’kidlaganidek, ayrim hollarda kasallikning dastlabki belgilari o‘z vaqtida sezilmasligi yoki ularga yetarlicha e’tibor berilmasligi mumkin. Natijada kasallik rivojlanib, davolash jarayoni murakkablashishi ehtimoli ortadi.Shu munosabat bilan ota-onalarni farzandlarining salomatligidagi har qanday o‘zgarishga befarq bo‘lmaslikka, profilaktik tibbiy ko‘riklardan o‘z vaqtida o‘tishga hamda zarurat tug‘ilganda darhol shifokorga murojaat qilishga chaqiramiz.──────────────Сохранение здоровья детей и раннее выявление заболеваний — приоритетная задачаВ Кошкупырском районе Хорезмской области состоялся обучающий семинар, посвящённый вопросам охраны здоровья детей, раннего выявления заболеваний и повышения эффективности патронажной службы.В ходе семинара были рассмотрены вопросы своевременного выявления первых признаков заболеваний у детей, важности профилактических медицинских осмотров, роли патронажных медицинских сестёр, а также повышения медицинской грамотности родителей.В настоящее время посредством патронажной службы проводится систематическая работа с более чем 86 тысячами жителей района. Во взаимодействии с органами махалли, медицинскими учреждениями и ответственными организациями особое внимание уделяется наблюдению за состоянием здоровья детей, выявлению детей из групп риска и диагностике заболеваний на максимально ранних стадиях.Как отметили специалисты, в некоторых случаях первые симптомы заболевания могут остаться незамеченными или не получить должного внимания. Это может привести к дальнейшему развитию заболевания и значительно осложнить процесс лечения.В связи с этим призываем всех родителей внимательно относиться к любым изменениям в состоянии здоровья ребёнка, своевременно проходить профилактические медицинские осмотры и при необходимости незамедлительно обращаться за квалифицированной медицинской помощью.#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube