🎗 Bolalar saratoniga qarshi kurash: hamkorlik, tajriba va kelajak sari ishonchBolalar salomatligini asrash, onkologik kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolash masalalari bugun sog‘liqni saqlash tizimining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda yurtimizda bolalar saratoniga qarshi kurashishga bag‘ishlangan muhim matbuot anjumani tashkil etildi.Tadbirda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda AQShning nufuzli tibbi...
🎗 Bolalar saratoniga qarshi kurash: hamkorlik, tajriba va kelajak sari ishonchBolalar salomatligini asrash, onkologik kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolash masalalari bugun sog‘liqni saqlash tizimining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda yurtimizda bolalar saratoniga qarshi kurashishga bag‘ishlangan muhim matbuot anjumani tashkil etildi.Tadbirda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda AQShning nufuzli tibbiy-ilmiy muassasalaridan biri — St. Jude Children’s Research Hospital vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv doirasida bolalar onkologiyasi sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar va istiqboldagi rejalarga alohida e’tibor qaratildi.Muhokamalar jarayonida erta tashxis qo‘yish tizimini takomillashtirish, mutaxassislar salohiyatini oshirish, zamonaviy klinik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish, shuningdek, bemor bolalar va ularning oilalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari keng yoritildi. Xalqaro ekspertlar tomonidan ilg‘or tajribalarni milliy sog‘liqni saqlash tizimiga moslashtirish bo‘yicha qator muhim tavsiyalar bildirildi.📍 Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ushbu hamkorlikni sohani yanada rivojlantirish, davolash sifati va bemorlar hayot sifatini oshirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholaydi. Markazimiz xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda bolalar kelajagi uchun xizmat qiladigan tashabbuslarni izchil davom ettirmoqda.🔴 Ta’kidlash joizki, ushbu tadbir ommaviy axborot vositalarining e’tiboridan chetda qolmadi. Matbuot anjumaniga bag‘ishlangan maxsus lavha Sevimli telekanali efirida namoyish etildi. Xususan, telekanalning Zamon axborot dasturida bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, xalqaro hamkorlikning o‘rni va soha rivojining istiqbollari keng jamoatchilikka yetkazildi.🤝 Bolalar hayoti va sog‘lig‘i yo‘lida amalga oshirilayotgan bunday hamkorlik va ezgu tashabbuslar — sog‘lom va baxtli kelajak sari qo‘yilgan mustahkam qadamdir.──────────────🎗 Борьба с детским раком: сотрудничество, опыт и уверенность в будущемСохранение здоровья детей, раннее выявление онкологических заболеваний и эффективное лечение сегодня являются одними из приоритетных направлений системы здравоохранения. В этой связи в нашей стране была проведена важная пресс-конференция, посвящённая борьбе с детским раком.В мероприятии приняли участие представители Всемирная организация здравоохранения, Министерство здравоохранения Республики Узбекистан, а также одного из ведущих медицинских и научных учреждений США — St. Jude Children’s Research Hospital. В ходе встречи особое внимание уделялось проводимой в стране работе в области детской онкологии, существующим возможностям и перспективным планам.В ходе обсуждений рассматривались вопросы совершенствования системы ранней диагностики, повышения квалификации специалистов, внедрения современных клинических подходов, а также комплексной поддержки пациентов и их семей. Международные эксперты предоставили ряд важных рекомендаций по адаптации передового опыта к национальной системе здравоохранения.📍 Научно-практический медицинский центр детской онкологии, гематологии и иммунологии рассматривает это сотрудничество как важный шаг в развитии отрасли, повышении качества лечения и улучшении качества жизни пациентов. Центр продолжает последовательно реализовывать инициативы, направленные на будущее детей.🔴 Отметим, что данное мероприятие получило широкое освещение в средствах массовой информации. Специальный сюжет, посвящённый пресс-конференции, был показан в эфире Sevimli . В частности, в информационной программе Zamon подробно рассказано о работе по борьбе с детским раком, роли международного сотрудничества и перспективах развития отрасли.#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube