24.07.2026
🎗 Bolalar saratoniga qarshi kurash — xalqaro hamkorlikda yangi bosqichYurtimizda bolalar saratoniga qarshi kurashish, kasallikni erta aniqlash va zamonaviy davolash yondashuvlarini joriy etish masalal...
🎗 Bolalar saratoniga qarshi kurash — xalqaro hamkorlikda yangi bosqichYurtimizda bolalar saratoniga qarshi kurashish, kasallikni erta aniqlash va zamonaviy davolash yondashuvlarini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan muhim matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbirda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda AQShning yetakchi tibbiyot muassasalaridan biri — St. Jude Children’s Research Hospital vakillari ishtirok etdilar.Matbuot anjumani d...
🎗 Bolalar saratoniga qarshi kurash — xalqaro hamkorlikda yangi bosqichYurtimizda bolalar saratoniga qarshi kurashish, kasallikni erta aniqlash va zamonaviy davolash yondashuvlarini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan muhim matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbirda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda AQShning yetakchi tibbiyot muassasalaridan biri — St. Jude Children’s Research Hospital vakillari ishtirok etdilar.Matbuot anjumani davomida bolalar onkologiyasi sohasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, mavjud yutuqlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, kasallikni erta tashxislash, malakali kadrlar tayyorlash, xalqaro klinik protokollarni joriy etish, shuningdek, bemorlar va ularning oilalari uchun kompleks tibbiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Xalqaro hamkorlar tomonidan bolalar saratoniga qarshi kurashda ko‘p tarmoqli yondashuvning ahamiyati, ilm-fan va amaliy tibbiyot uyg‘unligi, shuningdek, ilg‘or tajribalarni milliy sog‘liqni saqlash tizimiga moslashtirish bo‘yicha fikr va tavsiyalar bildirildi.📍 Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi sifatida biz ushbu hamkorlikni bolalar salomatligini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam deb bilamiz. Markazimizda xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda olib borilayotgan ishlar kelgusida bolalar onkologik kasalliklarini davolash sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.👁 Shuningdek, ushbu muhim tadbir haqidagi axborot Yoshlar telekanali orqali yoritildi. Xususan, matbuot anjumani tafsilotlari telekanalning Yangi davr axborot-tahliliy dasturida keng jamoatchilikka taqdim etildi.🔊 Bolalar hayoti va sog‘lig‘i yo‘lida birlashgan sa’y-harakatlar — kelajakka ishonchli sarmoyadir.──────────────🎗 Борьба с детским раком — новый этап международного сотрудничестваВ нашей стране состоялась важная пресс-конференция, посвящённая вопросам борьбы с детским раком, ранней диагностике заболеваний и внедрению современных подходов к лечению.В мероприятии приняли участие представители Всемирная организация здравоохранения, Министерство здравоохранения Республики Узбекистан, а также одного из ведущих медицинских учреждений США — St. Jude Children’s Research Hospital.В ходе пресс-конференции были всесторонне обсуждены системные реформы, реализуемые в сфере детской онкологии в Узбекистане, достигнутые результаты и приоритетные задачи на перспективу. Особое внимание было уделено вопросам раннего выявления онкологических заболеваний, подготовки высококвалифицированных специалистов, внедрения международных клинических протоколов, а также комплексной медицинской и психологической поддержки пациентов и их семей.Международные партнёры подчеркнули значимость мультидисциплинарного подхода в борьбе с детским раком, важность интеграции науки и практической медицины, а также адаптации передового мирового опыта к национальной системе здравоохранения.📍 Научно-практический медицинский центр детской онкологии, гематологии и иммунологии рассматривает данное сотрудничество как важный шаг на пути укрепления здоровья детей. Реализация совместных инициатив с международными организациями будет способствовать дальнейшему повышению качества диагностики и лечения онкологических заболеваний у детей.👁 Также информация о данном важном мероприятии была освещена на телеканале Yoshlar. В частности, подробности пресс-конференции были представлены широкой общественности в информационно-аналитической программе Yangi davr. 🔊 Объединённые усилия во имя жизни и здоровья детей — надёжная инвестиция в будущее.#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube