Bolalarda onkologik va gematologik kasalliklarni erta aniqlash, hududlarda tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash hamda mutaxassislarning amaliy ko‘magini kuchaytirish maqsadida Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan hududlarga chiqib ishlash tizimli ravishda davom ettirilmoqda.Navbatdagi manzil — Toshkent viloyati.Tashrif doirasida markazning bolalar onkologi, gematologi hamda laboratoriya mutaxassislari Chinoz, Zangiota,...
Bolalarda onkologik va gematologik kasalliklarni erta aniqlash, hududlarda tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash hamda mutaxassislarning amaliy ko‘magini kuchaytirish maqsadida Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan hududlarga chiqib ishlash tizimli ravishda davom ettirilmoqda.Navbatdagi manzil — Toshkent viloyati.Tashrif doirasida markazning bolalar onkologi, gematologi hamda laboratoriya mutaxassislari Chinoz, Zangiota, Yangiyo‘l va Qibray tumanlarida bo‘lib, hududdagi tibbiyot muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.Mutaxassislar tomonidan bemor bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning sog‘lig‘i holati baholandi. Murakkab va og‘ir klinik holatlarga ega bemorlar qo‘shimcha tekshiruv hamda davolanish uchun markazga yo‘naltirildi.Shuningdek, tashrif davomida hududlarda bolalar onkologiyasi va gematologiyasi yo‘nalishida mavjud muammolar, tashxis qo‘yish va bemorlarni yo‘naltirish tizimidagi kamchiliklar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.Bundan tashqari, birlamchi bo‘g‘in hamda patronaj hamshiralari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etildi. Seminarlar davomida onkologik kasalliklarning ilk belgilari, xavf omillari, bemorlarni erta aniqlash va o‘z vaqtida mutaxassislarga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Mazkur tashriflardan ko‘zlangan asosiy maqsad — bolalarda uchraydigan onkologik va gematologik kasalliklarni erta aniqlash, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, samarali davolashni yo‘lga qo‘yish hamda hududlarda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirishdan iborat.──────────────С целью раннего выявления онкологических и гематологических заболеваний у детей, дальнейшего повышения качества медицинской помощи в регионах и усиления практической поддержки специалистов, сотрудники Научно-практического медицинского центра детской онкологии, гематологии и иммунологии на системной основе продолжают выездную работу в регионах.Очередным пунктом выезда стала Ташкентская область.В рамках визита детский онколог, гематолог и специалисты лабораторной службы центра посетили Чиназский, Зангиатинский, Янгиюльский и Кибрайский районы, где ознакомились с деятельностью местных медицинских учреждений.Специалистами были проведены углублённые медицинские осмотры детей-пациентов и дана оценка состоянию их здоровья. Пациенты со сложными и тяжёлыми клиническими случаями были направлены в центр для дополнительного обследования и лечения.Кроме того, в ходе визита были изучены существующие проблемы в сфере детской онкологии и гематологии на местах, а также недостатки в системе диагностики и маршрутизации пациентов. По результатам работы даны практические рекомендации по их устранению.Также для специалистов первичного звена здравоохранения и патронажных медицинских сестёр были организованы обучающие семинары. В ходе семинаров особое внимание было уделено ранним признакам онкологических заболеваний, факторам риска, вопросам раннего выявления пациентов и их своевременного направления к профильным специалистам.Основная цель данных выездов — раннее выявление онкологических и гематологических заболеваний у детей, своевременная диагностика, организация эффективного лечения, а также дальнейшее повышение качества медицинской помощи, оказываемой в регионах.#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube