24.07.2026
🩸 Donorlik — hayot ulashish demakdirBolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ko‘ngilli donorlik aksiyasi tashkil etildi. Unda “Adolat” sotsial-demokratik...
🩸 Donorlik — hayot ulashish demakdirBolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ko‘ngilli donorlik aksiyasi tashkil etildi. Unda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda “Ezgu Amal” fondi vakillari faol ishtirok etib, qon topshirdilar.Donorlik ko‘pchilik tasavvur qilganidek shunchaki tibbiy jarayon emas. Ayniqsa, onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalar uchun donor qoni hayotiy ahamiyatga ega. Kimyoterapiya yoki suyak iligi t...
🩸 Donorlik — hayot ulashish demakdirBolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ko‘ngilli donorlik aksiyasi tashkil etildi. Unda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda “Ezgu Amal” fondi vakillari faol ishtirok etib, qon topshirdilar.Donorlik ko‘pchilik tasavvur qilganidek shunchaki tibbiy jarayon emas. Ayniqsa, onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalar uchun donor qoni hayotiy ahamiyatga ega. Kimyoterapiya yoki suyak iligi transplantatsiyasi jarayonida bemor organizmi ma’lum muddat qon hujayralarini yetarli darajada ishlab chiqara olmaydi. Bunday vaziyatlarda donor qoni va uning tarkibiy qismlari davolashning ajralmas qismiga aylanadi.Bir donor tomonidan topshirilgan qon bir vaqtning o‘zida bir necha nafar bemorga yordam berishi mumkin. Har bir qon topshirish ortida kichik bemorlarning sog‘ayishga bo‘lgan umidi, ota-onalarning ishonchi va shifokorlarning davolash jarayonini davom ettirish imkoniyati mujassam.Mazkur aksiya donorlik madaniyatini keng targ‘ib etish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat qadriyatlarini mustahkamlash, eng muhimi esa og‘ir xastalik bilan kurashayotgan bolajonlarning sog‘ayishiga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etildi.Chunki ba’zan atigi bir necha daqiqada topshirilgan qon kimningdir hayotini saqlab qolishi, uning sog‘lom kelajagi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin.──────────────🩸 Донорство — это возможность подарить жизньВ Научно-практическом медицинском центре детской онкологии, гематологии и иммунологии состоялась акция добровольного донорства крови. В ней приняли активное участие представители Социал-демократической партии «Adolat» и фонда «Ezgu Amal», которые сдали кровь для пациентов, нуждающихся в жизненно важной поддержке.Донорство — это не просто медицинская процедура. Для детей, проходящих лечение от онкологических и гематологических заболеваний, донорская кровь нередко становится жизненно необходимой. Во время курсов химиотерапии или трансплантации костного мозга организм ребёнка временно не способен вырабатывать достаточное количество клеток крови. В таких случаях донорская кровь и её компоненты являются неотъемлемой частью лечения.Одна донация может помочь сразу нескольким пациентам. За каждым пакетом донорской крови стоят надежда маленького пациента на выздоровление, вера его родителей и возможность для врачей продолжать необходимое лечение.Проведённая акция была направлена на поддержку донорского движения, развитие культуры добровольного донорства и укрепление традиций взаимопомощи и милосердия. Её главная цель — внести вклад в спасение жизней детей, которые ежедневно борются с тяжёлыми заболеваниями.Ведь иногда кровь, сданная всего за несколько минут, может стать для кого-то шансом на здоровое будущее и подарить самое ценное — возможность жить.#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube