24.07.2026
🌍 EURO Master Course 2026 xalqaro ta’lim kursi davomida orttirilgan bilim va amaliy tajribalar yuzasidan Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Klinik or...
🌍 EURO Master Course 2026 xalqaro ta’lim kursi davomida orttirilgan bilim va amaliy tajribalar yuzasidan Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Klinik ordinatura, doktorantura va malaka oshirish bo‘limi boshlig‘i Rustamova Xilola o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.Uning ta’kidlashicha, kurs doirasida xalqaro ekspertlar ishtirokida tashkil etilgan ma’ruzalar, interaktiv mashg‘ulotlar hamda klinik holatlar tahlili mutaxassislarning kasbiy bilim va a...
🌍 EURO Master Course 2026 xalqaro ta’lim kursi davomida orttirilgan bilim va amaliy tajribalar yuzasidan Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Klinik ordinatura, doktorantura va malaka oshirish bo‘limi boshlig‘i Rustamova Xilola o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.Uning ta’kidlashicha, kurs doirasida xalqaro ekspertlar ishtirokida tashkil etilgan ma’ruzalar, interaktiv mashg‘ulotlar hamda klinik holatlar tahlili mutaxassislarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.Shuningdek, zamonaviy diagnostika va davolash yondashuvlari, multidisiplinar hamkorlik, xalqaro tajriba almashinuvi hamda ilg‘or amaliyotlar bilan yaqindan tanishish bolalar onkologiyasi sohasida tibbiy yordam sifatini oshirish va xalqaro standartlarni amaliyotga keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida qayd etdi.🗣 Bunday xalqaro ta’lim dasturlari mutaxassislarning professional rivojlanishi, yangi bilim va tajribalarni o‘zlashtirishi hamda bolalar salomatligini muhofaza qilish borasidagi sa’y-harakatlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.──────────────🌍 В ходе международного образовательного курса EURO Master Course 2026 своими впечатлениями о полученных знаниях и практическом опыте поделилась начальник отдела клинической ординатуры, докторантуры и повышения квалификации Республиканского специализированного научно-практического медицинского центра детской онкологии, гематологии и иммунологии Хилола Рустамова.По её словам, лекции, интерактивные занятия и разборы клинических случаев, организованные с участием ведущих международных экспертов, способствовали дальнейшему укреплению профессиональных знаний и практических навыков специалистов.🗣 Особое внимание в рамках курса было уделено современным подходам к диагностике и лечению, вопросам мультидисциплинарного взаимодействия, а также обмену международным опытом. Как отметила Хилола Рустамова, полученные знания и передовые практики имеют важное значение для дальнейшего повышения качества медицинской помощи детям с онкологическими заболеваниями и внедрения международных стандартов в повседневную клиническую практику.#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube