Ezgulik — umid ulashishdirEzgulikning eng katta qiymati — u inson qalbiga umid baxsh etishidadir.Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanayotgan bolajonlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan xayriya konserti doirasida yig‘ilgan 1 milliard so‘m mablag‘ markazga topshirildi.Mazkur mablag‘ og‘ir xastalik bilan kurashayotgan bolalarning davolanish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga yanada sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish hamda z...
Ezgulik — umid ulashishdirEzgulikning eng katta qiymati — u inson qalbiga umid baxsh etishidadir.Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanayotgan bolajonlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan xayriya konserti doirasida yig‘ilgan 1 milliard so‘m mablag‘ markazga topshirildi.Mazkur mablag‘ og‘ir xastalik bilan kurashayotgan bolalarning davolanish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga yanada sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish hamda zarur ehtiyojlarini ta’minlashga yo‘naltiriladi.Ushbu xayrli tashabbus Yoshlar ishlari agentligi, iTicket jamoasi, konsert tashkilotchilari hamda saxovatpesha yurtdoshlarimizning ezgu maqsad yo‘lida birlashgan sa’y-harakatlari natijasidir. Har bir ko‘rsatilgan yordam va har bir ehson ortida bolajonlarning sog‘lom kelajagiga bo‘lgan ishonch, mehr va insonparvarlik mujassam.Bunday tashabbuslar jamiyatimizda mehr-oqibat, hamjihatlik va saxovat kabi yuksak qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.Mazkur jarayon Yoshlar telekanalining “Yangi Davr” informatsion dasturida muxbir Zahrobonu Jo‘raqulova tomonidan tayyorlangan reportaj orqali yoritildi.──────────────Добро — это надежда, подаренная сердцуСамая большая ценность доброты заключается в том, что она дарит надежду человеческому сердцу.В Научно-практический медицинский центр детской онкологии, гематологии и иммунологии были переданы 1 миллиард сумов, собранные в рамках благотворительного концерта, организованного в поддержку детей, проходящих лечение в центре.Данные средства будут направлены на поддержку процесса лечения детей, борющихся с тяжелыми заболеваниями, обеспечение более качественной медицинской помощи, а также удовлетворение их необходимых потребностей.Эта благородная инициатива стала результатом совместных усилий Агентства по делам молодежи, команды iTicket, организаторов концерта и неравнодушных соотечественников, объединившихся ради доброй цели. За каждой оказанной помощью и каждым пожертвованием стоят вера в здоровое будущее детей, забота и человечность.Подобные инициативы способствуют укреплению в обществе таких высоких ценностей, как милосердие, взаимопомощь, единство и гуманизм.Данный процесс был освещен в информационной программе “Yangi Davr” телеканала Yoshlar в репортаже, подготовленном корреспондентом Захробону Журакуловой.#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube