🎥 Hayot uchun kurashayotgan jajji yurakchalar ✅ ZO‘R TV telekanalidagi “Bu kun” dasturida Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyati haqida ta’sirli videorolik efirga uzatildi.Videoda 4 yoshli Namanganlik qizaloq misolida bolalar saratoni bilan kurash jarayoni aks ettirilgan. Qizchaning og‘ir kasalligi, boyin qiyshayishi va oshma mavjudligi sababli u markazimizga yo‘naltirilgan. Markazimizda bajarilgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng qizcha yana...
🎥 Hayot uchun kurashayotgan jajji yurakchalar ✅ ZO‘R TV telekanalidagi “Bu kun” dasturida Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyati haqida ta’sirli videorolik efirga uzatildi.Videoda 4 yoshli Namanganlik qizaloq misolida bolalar saratoni bilan kurash jarayoni aks ettirilgan. Qizchaning og‘ir kasalligi, boyin qiyshayishi va oshma mavjudligi sababli u markazimizga yo‘naltirilgan. Markazimizda bajarilgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng qizcha yana yurishga qaytdi va saraton kasalligini yengdi.🎗 Shuningdek, markazimiz bosh shifokorning onkologiya bo‘yicha o‘rinbosari Shohrux Xo‘jayev amaliyotlar davomida transplantatsiya va suyak iligini ko‘chirish bo‘yicha yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari amalga oshirilayotganini ta’kidladi. O‘tgan yil davomida markazimizda jami 1200 ta jarrohlik amaliyoti bajarilgan bo‘lib, ulardan 250 dan ortig‘i yuqori texnologiyali amaliyotdir.Bugungi kunda markazimizga nafaqat O‘zbekistondan, balki Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘izistondan ham bemorlar kelmoqda. Davolash va xizmatlar davlat tomonidan qoplab beriladi.💻 Bundan tashqari, videoda yangi DMED tizimi haqida ham ma’lumot berildi. Bu tizim orqali bemorga onkologik kasallik bor-yo‘qligi aniqlash uchun 15 ta savol beriladi. Agar bemor 2 ta savolga “ha” deb javob bersa, u onkogematologik shubha bilan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga yuboriladi. Birlamchi tashxis tasdiqlansa, bemor markazimizga yo‘naltiriladi va chuqurlashtirilgan molekulyar tekshiruvdan o‘tkaziladi.💛 Markazimiz bolalar saratonini erta aniqlash va samarali davolashga qaratilgan faoliyatini davom ettirmoqda. ──────────────🎥 Маленькие сердца, борющиеся за жизнь ✅ На телеканале ZO‘R TV в программе «Bu kun» был показан трогательный видеоролик о деятельности Научно-практического медицинского центра детской онкологии, гематологии и иммунологии.В ролике показан процесс борьбы с детским раком на примере 4-летней девочки из города Наманган. Из-за тяжёлого заболевания, искривления шеи и наличия опухоли она была направлена в наш центр. После проведённой хирургической операции девочка снова смогла ходить и победила рак.🎗 Также заместитель главного врача по онкологии Шохрух Хужаев подчеркнул, что в центре выполняются высокотехнологичные операции, включая трансплантацию и пересадку костного мозга. За прошлый год в центре было проведено 1200 хирургических вмешательств, из которых более 250 — высокотехнологичные операции.Сегодня в наш центр обращаются пациенты не только из Узбекистана, но и из Казахстана, Таджикистана, Туркменистана и Кыргызстана. Лечение и услуги полностью покрываются государством.💻 Кроме того, в видеоролике рассказано о новой системе DMED. С её помощью у пациента проверяется наличие онкологического заболевания с помощью 15 вопросов. Если на 2 вопроса пациент отвечает «да», возникает подозрение на онкогематологическое заболевание, и ребёнок направляется в областной многопрофильный детский медицинский центр. При подтверждении первичного диагноза пациент направляется в наш центр для углублённого молекулярного обследования.💛 Наш центр продолжает деятельность, направленную на раннее выявление и эффективное лечение детского рака. #OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube