Hududlarda onkologik hushyorlikni oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar davom etmoqdaBolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan hududlarda bolalardagi onkologik kasalliklarni erta aniqlash, tibbiyot xodimlarining onkologik hushyorligini oshirish hamda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami bo‘g‘ini shifokorlarining nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv-seminarlar izchil davom ettirilmoqda.Navbatdag...
Hududlarda onkologik hushyorlikni oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar davom etmoqdaBolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan hududlarda bolalardagi onkologik kasalliklarni erta aniqlash, tibbiyot xodimlarining onkologik hushyorligini oshirish hamda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami bo‘g‘ini shifokorlarining nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv-seminarlar izchil davom ettirilmoqda.Navbatdagi o‘quv-seminar BOG va IIATM jarrohlik bo‘limi shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi A.T. Shukurullayev tomonidan hududiy bolalar onkologlari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.Seminar davomida Markaz mutaxassislari bolalarda uchraydigan onkologik kasalliklarning dastlabki klinik belgilari va xavf omillari, zamonaviy diagnostika usullari, shuningdek, bemorlarni o‘z vaqtida ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga yo‘naltirish tartibi haqida ma’ruzalar taqdim etdilar.Tadbir doirasida kundalik klinik amaliyotda uchraydigan dolzarb masalalar va murakkab holatlar muhokama qilinib, ishtirokchilarga bolalarda xavfli o‘smalardan shubhalanish imkonini beruvchi belgilarni to‘g‘ri baholash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.Seminar yakunida ishtirokchilar tibbiyot xodimlarining onkologik hushyorligini yanada kuchaytirish, kasallik belgilarini dastlabki bosqichlarda aniqlash hamda bemorlarni o‘z vaqtida ixtisoslashtirilgan muassasalarga yo‘naltirishning ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar.Mazkur o‘quv-seminarlar mamlakatimiz hududlarini bosqichma-bosqich qamrab olmoqda. Navbatdagi seminar va ma’ruzalar turkumini Surxondaryo viloyatida o‘tkazish rejalashtirilgan.──────────────В регионах продолжаются образовательные семинары по повышению онкологической настороженностиСпециалисты Научно-практического медицинского центра детской онкологии, гематологии и иммунологии продолжают проведение в регионах образовательных семинаров, направленных на раннее выявление онкологических заболеваний у детей, повышение онкологической настороженности медицинских работников, а также укрепление теоретических знаний и практических навыков врачей первичного звена здравоохранения.Очередной образовательный семинар был проведён врачом хирургического отделения НПМЦ ДОГИ, кандидатом медицинских наук А.Т. Шукуруллаевым совместно с региональными детскими онкологами.В ходе семинара специалисты Центра представили доклады о ранних клинических признаках и факторах риска детских онкологических заболеваний, современных методах диагностики, а также порядке своевременного направления пациентов в специализированные медицинские учреждения.В рамках мероприятия были рассмотрены актуальные вопросы и сложные случаи, встречающиеся в повседневной клинической практике. Участникам были представлены практические рекомендации по правильной оценке симптомов, которые могут свидетельствовать о наличии злокачественных новообразований у детей.По итогам семинара участники обсудили важность дальнейшего повышения онкологической настороженности медицинских работников, выявления признаков заболевания на ранних этапах и своевременного направления пациентов в специализированные учреждения.Цикл образовательных семинаров поэтапно охватывает регионы страны. Проведение следующего семинара и цикла лекций запланировано в Сурхандарьинской области.#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube