24.07.2026
Markaz mutaxassislarining hududlarga amaliy tashriflari davom etmoqdaBolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarining hududlarga amaliy tashrifla...
Markaz mutaxassislarining hududlarga amaliy tashriflari davom etmoqdaBolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarining hududlarga amaliy tashriflari izchil davom etmoqda.Xorazm viloyatiga amalga oshirilgan avvalgi tashrif davomida berilgan tavsiyalar ijrosi navbatdagi tashrif chog‘ida yana bir bor o‘rganildi. Quvonarlisi, ilgari aniqlangan kamchiliklarning aksariyati bartaraf etilgani, bemor bolalar uchun yaratilgan sharoitlar esa sezilarli d...
Markaz mutaxassislarining hududlarga amaliy tashriflari davom etmoqdaBolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarining hududlarga amaliy tashriflari izchil davom etmoqda.Xorazm viloyatiga amalga oshirilgan avvalgi tashrif davomida berilgan tavsiyalar ijrosi navbatdagi tashrif chog‘ida yana bir bor o‘rganildi. Quvonarlisi, ilgari aniqlangan kamchiliklarning aksariyati bartaraf etilgani, bemor bolalar uchun yaratilgan sharoitlar esa sezilarli darajada yaxshilangani qayd etildi.Markaz mutaxassislari hududdagi bo‘limlar faoliyati, laboratoriyalar hamda diagnostika va davolash jarayonlarini atroflicha ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, ko‘p tarmoqli shifoxona hududida barpo etilayotgan bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘limidagi qurilish ishlari bilan tanishdilar.Ayni paytda qurilish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Yangi bo‘limni joriy yil yakuniga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.Tashrif doirasida bemor bolalar mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi, murakkab klinik holatlar muhokama qilinib, ularni davolash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Hududiy tibbiyot xodimlarining bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida o‘quv-seminarlar ham tashkil etildi.Bunday amaliy tashriflar hududlarda bolalar onkologik va gematologik xizmatini yanada takomillashtirish, kasalliklarni erta aniqlash hamda har bir bolaga sifatli va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda.──────────────Продолжаются практические выезды специалистов Центра в регионыСпециалисты Научно-практического медицинского центра детской онкологии, гематологии и иммунологии продолжают плановые практические выезды в регионы страны.В ходе очередного визита в Хорезмскую область было повторно изучено выполнение рекомендаций, предоставленных по итогам предыдущего выезда. Отрадно отметить, что большинство выявленных ранее недостатков было устранено, а условия, созданные для лечения детей, значительно улучшились.Специалисты Центра подробно ознакомились с деятельностью профильных отделений и лабораторий, а также с организацией диагностического и лечебного процессов. Особое внимание было уделено строительству нового отделения детской онкологии и гематологии на территории многопрофильной больницы.В настоящее время строительные работы ведутся ускоренными темпами. Ввод нового отделения в эксплуатацию запланирован до конца текущего года.В рамках визита специалисты провели осмотр пациентов, обсудили сложные клинические случаи и предоставили практические рекомендации по дальнейшей тактике лечения. Для медицинских работников региона также были организованы обучающие семинары, направленные на повышение профессиональных знаний и практических навыков.Подобные практические выезды способствуют дальнейшему совершенствованию детской онкологической и гематологической службы в регионах, раннему выявлению заболеваний и повышению доступности качественной специализированной медицинской помощи для каждого ребёнка.#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube