news
24.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federal tibbiy-biologiya agentligi rahbari Veronika Skvorsova hamda Rossiya Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xiz...
O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federal tibbiy-biologiya agentligi rahbari Veronika Skvorsova hamda Rossiya Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati (Rospotrebnadzor) rahbari, Rossiya Federatsiyasining Bosh davlat sanitariya shifokori Anna Popova bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazdi. Veronika Skvorsova bilan qon xizmati, transplantologiya, biologik xavfsizlikni rivojlantirish, biomolekulyar va bioinjeneriya texnologiyalari sohasida mutaxassis...
O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federal tibbiy-biologiya agentligi rahbari Veronika Skvorsova hamda Rossiya Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati (Rospotrebnadzor) rahbari, Rossiya Federatsiyasining Bosh davlat sanitariya shifokori Anna Popova bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazdi. Veronika Skvorsova bilan qon xizmati, transplantologiya, biologik xavfsizlikni rivojlantirish, biomolekulyar va bioinjeneriya texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash, donorlarni raqamli kuzatib borish tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Anna Popova tomonidan sanitariya-epidemiologik nazoratni tashkil etish, molekulyar-gigiyenik diagnostika, genomik epidemiologik tahlil, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda aholi salomatligiga tahdidlar yuzaga kelganda tezkor chora ko‘rish borasidagi Rossiya tajribasi taqdim etildi. Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Rospotrebnadzorning ixtisoslashtirilgan ilmiy va laboratoriya bo‘linmalari faoliyati, sanitariya-epidemiologik xavflarni baholash, suv, havo va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilishda qo‘llanilayotgan zamonaviy usullar bilan tanishdi.Manba: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi──────────────Делегация Узбекистана провела рабочие встречи с главой Федерального медико-биологического агентства Вероникой Скворцовой и руководителем Роспотребнадзора, Главным государственным санитарным врачом РФ Анной Поповой.С Вероникой Скворцовой обсуждены развитие службы крови, трансплантологии, биологической безопасности, подготовка специалистов в области биомолекулярных и биоинженерных технологий, а также цифровое сопровождение доноров.Анной Поповой был презентован российский опыт организации санитарно-эпидемиологического надзора, молекулярно-гигиенической диагностики, геномного эпидемиологического анализа, профилактики инфекционных заболеваний и оперативного реагирования на угрозы здоровью населения.Делегация также ознакомилась с деятельностью профильных научных и лабораторных подразделений Роспотребнадзора, применяемыми методами оценки санитарно-эпидемиологических рисков, контроля качества воды, воздуха и пищевой продукции.Источник: Министерство здравоохранения Республики Узбекистан#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube