news
24.07.2026
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindiO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tibbiyotni isloh q...
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindiO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tibbiyotni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Tamila Aliyeva hamda sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov boshchiligidagi delegatsiyaning Rossiya Federatsiyasiga ishchi tashrifi doirasida qator yuqori darajadagi uchrashuvlar o‘tkazildi.Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixa...
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindiO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tibbiyotni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Tamila Aliyeva hamda sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov boshchiligidagi delegatsiyaning Rossiya Federatsiyasiga ishchi tashrifi doirasida qator yuqori darajadagi uchrashuvlar o‘tkazildi.Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin, Hukumat Raisining o‘rinbosarlari Aleksey Overchuk va Dmitriy Grigorenko bilan muzokaralar olib bordi.Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Aleksey Gromov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, tibbiyot tizimini raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.O‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassislarining Rossiyaning yetakchi ixtisoslashtirilgan tibbiyot, ilmiy va ta’lim muassasalarida malakasini oshirish imkoniyatlariga ham alohida e’tibor qaratildi.O‘zbekiston delegatsiyasi tashrifning yuqori saviyada tashkil etilgani, samimiy qabul va sermahsul uchrashuvlar uchun Rossiya Federatsiyasi Hukumatiga minnatdorlik bildirdi.O‘tkazilgan uchrashuvlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, sog‘liqni saqlash sohasida tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga xizmat qiladi.Manba: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi──────────────Узбекистан и Россия обсудили дальнейшее развитие сотрудничества в сфере здравоохраненияВ рамках рабочего визита в Российскую Федерацию делегации Республики Узбекистан во главе с заместителем Руководителя Администрации Президента по реформированию здравоохранения Тамилой Алиевой и министром здравоохранения Эльдором Адиловым состоялся ряд встреч на высоком уровне.Делегация Узбекистана провела переговоры с Председателем Правительства Российской Федерации Михаилом Мишустиным, заместителями Председателя Правительства Алексеем Оверчуком и Дмитрием Григоренко.Также состоялась встреча с первым заместителем Руководителя Администрации Президента Российской Федерации Алексеем Громовым.В ходе переговоров обсуждались вопросы дальнейшего расширения сотрудничества между двумя странами в сфере здравоохранения, цифровой трансформации медицины и внедрения современных технологий.Отдельное внимание было уделено возможностям повышения квалификации узбекских специалистов в ведущих специализированных медицинских, научных и образовательных учреждениях России.Делегация Узбекистана выразила благодарность Правительству Российской Федерации за высокий уровень организации визита, тёплый приём и конструктивные встречи.Состоявшиеся переговоры будут способствовать укреплению взаимовыгодного сотрудничества между Узбекистаном и Россией, обмену профессиональным опытом и реализации совместных инициатив в сфере здравоохранения.Источник: Министерство здравоохранения Республики Узбекистан#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube