news
24.07.2026
O‘zbekiston va Rossiya sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildiRossiya Sog‘liqni saqlash vazirligida O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiya sog‘liqni saqlash va...
O‘zbekiston va Rossiya sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildiRossiya Sog‘liqni saqlash vazirligida O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko, shuningdek, yetakchi tibbiyot, ilmiy va ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Muzokaralar davomida aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, telemeditsina imkoniyatlarini kengaytirish, bemorla...
O‘zbekiston va Rossiya sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildiRossiya Sog‘liqni saqlash vazirligida O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko, shuningdek, yetakchi tibbiyot, ilmiy va ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Muzokaralar davomida aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, telemeditsina imkoniyatlarini kengaytirish, bemorlarni masofadan kuzatish hamda malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.Tomonlar onkologiya, radiologiya, yadro tibbiyoti, gematologiya, shoshilinch tibbiy yordam, reabilitatsiya va palliativ yordam yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollariga alohida e’tibor qaratdilar.Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Majburiy tibbiy sug‘urta federal jamg‘armasi, Federal tibbiy falokatlar markazi, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Ishlar boshqarmasining Markaziy klinik shifoxonasi va poliklinikasi, “Barvixa” sanatoriysi hamda qator yetakchi federal tibbiyot markazlari faoliyati bilan tanishdi.Delegatsiya a’zolariga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni tashkil etish, zamonaviy davolash va reabilitatsiya xizmatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tajribalar taqdim etildi.Mazkur uchrashuv va tashriflar ikki davlat o‘rtasida tibbiyot, ilm-fan va tibbiy ta’lim sohalaridagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.Manba: Sputnik O‘zbekiston──────────────Узбекистан и Россия обсудили расширение сотрудничества в сфере здравоохраненияВ Министерстве здравоохранения России состоялась встреча делегации Узбекистана с министром здравоохранения Российской Федерации Михаилом Мурашко, а также руководителями ведущих медицинских, научных и образовательных учреждений.В ходе переговоров стороны обсудили совершенствование системы оказания медицинской помощи населению, цифровую трансформацию здравоохранения, развитие телемедицинских технологий, дистанционное наблюдение пациентов и подготовку квалифицированных медицинских кадров.Особое внимание было уделено перспективам сотрудничества в области онкологии, радиологии, ядерной медицины, гематологии, экстренной медицинской помощи, реабилитации и паллиативной помощи.В рамках визита делегация Узбекистана ознакомилась с деятельностью Федерального фонда обязательного медицинского страхования, Федерального центра медицины катастроф, Центральной клинической больницы с поликлиникой Управления делами Президента Российской Федерации, санатория «Барвиха» и ряда ведущих федеральных медицинских центров.Представителям делегации были представлены современные подходы к организации специализированной медицинской помощи, лечению, реабилитации и сопровождению пациентов.Проведённые встречи будут способствовать дальнейшему укреплению сотрудничества между двумя странами в сфере здравоохранения, медицинской науки и профессионального образования.Источник: Sputnik Узбекистан#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube