news
24.07.2026
Samarqand viloyatida bolalar onkologik xizmatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda📍 Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassi...
Samarqand viloyatida bolalar onkologik xizmatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda📍 Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarining Samarqand viloyatiga navbatdagi amaliy tashrifi davom etmoqda.Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududdagi bolalar onkologik xizmatining holatini o‘rganish, bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini baholash hamda soha mutaxassislariga uslubiy va amaliy ko‘mak berishdan iborat....
Samarqand viloyatida bolalar onkologik xizmatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda📍 Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarining Samarqand viloyatiga navbatdagi amaliy tashrifi davom etmoqda.Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududdagi bolalar onkologik xizmatining holatini o‘rganish, bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini baholash hamda soha mutaxassislariga uslubiy va amaliy ko‘mak berishdan iborat.Tashrif doirasida Samarqand shahridagi tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Murakkab klinik holatlar Markaz mutaxassislari ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, har bir bemor uchun individual davolash va kuzatuv tavsiyalari ishlab chiqildi. Zarur hollarda davolash jarayonini Toshkent shahridagi Markazda davom ettirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.Shuningdek, Ishtixon va Toyloq tumanlarida birlamchi tibbiyot bo‘g‘ini xodimlari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida bolalarda uchraydigan onkologik kasalliklarning dastlabki belgilarini o‘z vaqtida aniqlash, zamonaviy diagnostika va davolash usullari, shuningdek, bemorlarni ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga to‘g‘ri yo‘naltirish masalalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.Markaz mutaxassislari hududdagi poliklinikalar va laboratoriyalar faoliyati, mavjud diagnostika imkoniyatlari hamda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdilar. O‘rganishlar yakunida tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, diagnostika jarayonlarini takomillashtirish va mutaxassislar salohiyatini mustahkamlash yuzasidan zarur tavsiyalar taqdim etildi.Bunday amaliy tashriflar hududlarda bolalar onkologik xizmatini izchil rivojlantirish, kasalliklarni erta aniqlash va har bir bolaga sifatli, malakali tibbiy yordamni imkon qadar yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda.──────────────В Самаркандской области продолжается практическая работа по совершенствованию детской онкологической службы📍 Продолжается очередной практический визит специалистов Научно-практического медицинского центра детской онкологии, гематологии и иммунологии в Самаркандскую область.Основная цель визита — изучение состояния детской онкологической службы в регионе, оценка качества оказываемой пациентам медицинской помощи, а также оказание методической и практической поддержки местным специалистам.В рамках визита дети, проходящие лечение в медицинских учреждениях города Самарканда, были осмотрены специалистами Центра. Сложные клинические случаи подробно рассмотрели с участием профильных специалистов, после чего для каждого пациента были разработаны индивидуальные рекомендации по дальнейшему лечению и наблюдению. При наличии медицинских показаний даны рекомендации о продолжении лечения в Центре в городе Ташкенте.Кроме того, в Иштыханском и Тайлакском районах были организованы обучающие семинары для медицинских работников первичного звена. В ходе занятий представлены практические рекомендации по своевременному выявлению первых признаков онкологических заболеваний у детей, применению современных методов диагностики и лечения, а также правильной маршрутизации пациентов в специализированные медицинские учреждения.Специалисты Центра также ознакомились с деятельностью поликлиник и лабораторий, имеющимися диагностическими возможностями и условиями, созданными для пациентов. По итогам изучения были даны необходимые рекомендации по дальнейшему повышению качества медицинской помощи, совершенствованию диагностических процессов и укреплению профессионального потенциала специалистов.Подобные практические визиты способствуют последовательному развитию детской онкологической службы в регионах, раннему выявлению заболеваний и приближению качественной квалифицированной медицинской помощи к каждому ребёнку.#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube