Samarqand viloyatida bolalar onkologik xizmatining holati kompleks o‘rganildiBolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarining Samarqand viloyatiga navbatdagi xizmat safari doirasida Ishtixon, Toyloq va Qo‘shrabot tumanlarida bolalar onkologik xizmatining holati kompleks ravishda o‘rganildi.Tashrif davomida hududlarda tibbiy xizmatni tashkil etish tizimi, poliklinikalar va laboratoriyalar faoliyati, bolalarda onkologik kasalliklarni aniqlash...
Samarqand viloyatida bolalar onkologik xizmatining holati kompleks o‘rganildiBolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarining Samarqand viloyatiga navbatdagi xizmat safari doirasida Ishtixon, Toyloq va Qo‘shrabot tumanlarida bolalar onkologik xizmatining holati kompleks ravishda o‘rganildi.Tashrif davomida hududlarda tibbiy xizmatni tashkil etish tizimi, poliklinikalar va laboratoriyalar faoliyati, bolalarda onkologik kasalliklarni aniqlash hamda bemorlarni ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga yo‘naltirish jarayonlari atroflicha tahlil qilindi.Shuningdek, hududiy poliklinikalarda patronaj hamshiralari, pediatrlar va birlamchi tibbiyot bo‘g‘ini xodimlari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida bolalarda uchraydigan onkologik kasalliklarning dastlabki belgilarini o‘z vaqtida aniqlash, xavf belgilarini to‘g‘ri baholash, bemorlarni tegishli mutaxassislarga yo‘naltirish, shuningdek, zamonaviy diagnostika va davolash yondashuvlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.O‘rganishlar natijasida tizimdagi mavjud kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilandi. Markaz mutaxassislari hududiy tibbiyot xodimlariga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatib, bolalar onkologik xizmatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdilar.Mazkur xizmat safari hududlarda onkologik kasalliklarni erta aniqlash samaradorligini oshirish, tibbiyot xodimlarining bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, har bir bolaga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlashga xizmat qiladi.──────────────В Самаркандской области комплексно изучено состояние детской онкологической службыВ рамках очередного рабочего визита специалистов Научно-практического медицинского центра детской онкологии, гематологии и иммунологии в Самаркандскую область было комплексно изучено состояние детской онкологической службы в Иштыханском, Тайлякском и Кошрабадском районах.В ходе визита специалисты проанализировали систему организации медицинской помощи в регионах, деятельность поликлиник и лабораторий, процессы выявления онкологических заболеваний у детей, а также маршрутизацию пациентов в специализированные медицинские учреждения.Кроме того, в районных поликлиниках были организованы обучающие семинары для патронажных медицинских сестёр, педиатров и работников первичного звена здравоохранения. Участникам были представлены практические рекомендации по своевременному выявлению ранних признаков онкологических заболеваний у детей, оценке тревожных симптомов, правильной маршрутизации пациентов, а также применению современных подходов к диагностике и лечению.По результатам проведённого анализа были выявлены имеющиеся недостатки и определены конкретные меры по их устранению. Специалисты Центра оказали медицинским работникам на местах методическую и практическую помощь, а также предоставили рекомендации по дальнейшему совершенствованию детской онкологической службы.Рабочий визит направлен на повышение эффективности раннего выявления онкологических заболеваний в регионах, укрепление профессиональных знаний и практических навыков медицинских работников, а также обеспечение каждого ребёнка качественной и своевременной медицинской помощью.#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube