Xalqaro Tumor Board yig‘ilishlari muntazam o‘tkazilmoqdaBolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida har hafta xalqaro mutaxassislar ishtirokida Tumor Board yig‘ilishlari tashkil etilmoqda.Ushbu multidisiplinar yig‘ilishlarda murakkab klinik holatlar neyroxirurglar, onkologlar, radiologlar, patomorfologlar va boshqa mutaxassislar tomonidan birgalikda ko‘rib chiqiladi. Har bir bemor bo‘yicha tashxis, davolash usullari va keyingi tibbiy taktika xalqaro sta...
Xalqaro Tumor Board yig‘ilishlari muntazam o‘tkazilmoqdaBolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida har hafta xalqaro mutaxassislar ishtirokida Tumor Board yig‘ilishlari tashkil etilmoqda.Ushbu multidisiplinar yig‘ilishlarda murakkab klinik holatlar neyroxirurglar, onkologlar, radiologlar, patomorfologlar va boshqa mutaxassislar tomonidan birgalikda ko‘rib chiqiladi. Har bir bemor bo‘yicha tashxis, davolash usullari va keyingi tibbiy taktika xalqaro standartlar asosida muhokama qilinib, eng maqbul qarorlar qabul qilinadi.Tumor Board tizimi zamonaviy onkologik yordamning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Mutaxassislarning jamoaviy yondashuvi davolash sifatini oshirish, murakkab holatlar bo‘yicha eng samarali yechimlarni tanlash hamda bemorlar uchun individual davolash strategiyasini ishlab chiqishga xizmat qiladi.Markazda bosh va orqa miya o‘smalari hamda boshqa murakkab onkologik kasalliklarni davolashda xalqaro tajriba va zamonaviy klinik yondashuvlar izchil amaliyotga tatbiq etilib, har bir bemor uchun eng maqbul davolash rejasi shakllantirilmoqda.──────────────Международные заседания Tumor Board проводятся на регулярной основеВ Научно-практическом медицинском центре детской онкологии, гематологии и иммунологии еженедельно проводятся заседания Tumor Board с участием международных специалистов.В рамках этих мультидисциплинарных встреч сложные клинические случаи рассматриваются совместно нейрохирургами, онкологами, радиологами, патоморфологами и специалистами других направлений. Для каждого пациента обсуждаются диагноз, методы лечения и дальнейшая медицинская тактика в соответствии с международными стандартами, что позволяет принимать наиболее обоснованные решения.Система Tumor Board является важной частью современной онкологической помощи. Командный подход специалистов способствует повышению качества лечения, выбору наиболее эффективной тактики ведения сложных случаев и разработке индивидуальной стратегии лечения для каждого пациента.В центре последовательно внедряются международный опыт и современные клинические подходы к лечению опухолей головного и спинного мозга, а также других сложных онкологических заболеваний. Для каждого пациента разрабатывается наиболее оптимальный план лечения с учётом особенностей его состояния.#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube