🔹 Zamonaviy tibbiyot imkoniyatlari yana bir bolajonning sog‘lom kelajagi uchun xizmat qildiBolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 12 yoshli bemorga chap son suyagiga zamonaviy o‘suvchi endoprotez muvaffaqiyatli o‘rnatildi.Yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlanib, bemorning sog‘lig‘ini tiklash va kelajakdagi hayot sifatini yaxshilash yo‘lida muhim natijaga erishildi. O‘suvchi e...
🔹 Zamonaviy tibbiyot imkoniyatlari yana bir bolajonning sog‘lom kelajagi uchun xizmat qildiBolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 12 yoshli bemorga chap son suyagiga zamonaviy o‘suvchi endoprotez muvaffaqiyatli o‘rnatildi.Yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlanib, bemorning sog‘lig‘ini tiklash va kelajakdagi hayot sifatini yaxshilash yo‘lida muhim natijaga erishildi. O‘suvchi endoprotez bolaning tabiiy o‘sish jarayoniga moslashish xususiyatiga ega bo‘lib, oyoq uzunligidagi tafovutlarning oldini olish hamda uning faol va to‘laqonli hayot kechirishiga xizmat qiladi.Bugungi kunda markazda xalqaro standartlar asosida yuqori texnologik onkologik va ortopedik jarrohlik amaliyotlari muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Zamonaviy tibbiy uskunalar va ilg‘or davolash usullari yordamida kichik bemorlarning sog‘ayishi hamda hayot sifatini yaxshilash uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilmoqda.Mazkur jarayon “Sevimli TV” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida muxbir Sohiba Akromova tomonidan tayyorlangan maxsus reportajda yoritildi. Reportajda operatsiyaning ahamiyati, uning natijalari hamda bolalar onkologiyasi va ortopediyasi yo‘nalishida markazda olib borilayotgan zamonaviy yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berildi.──────────────🔹 Современные возможности медицины вновь послужили здоровому будущему ребёнкаВ Научно-практическом медицинском центре детской онкологии, гематологии и иммунологии 12-летнему пациенту успешно установлен современный растущий эндопротез левой бедренной кости.Сложное хирургическое вмешательство, выполненное высококвалифицированными специалистами центра, прошло успешно. Установленный эндопротез способен адаптироваться к процессу роста ребёнка, что позволяет предотвратить разницу в длине конечностей и способствует сохранению полноценной двигательной активности в будущем.Сегодня в центре на регулярной основе проводятся высокотехнологичные онкологические и ортопедические операции в соответствии с международными стандартами. Современное оборудование, передовые методы диагностики и лечения позволяют оказывать маленьким пациентам специализированную медицинскую помощь на самом высоком уровне, способствуя их выздоровлению и улучшению качества жизни.Данный случай был освещён в информационной программе «Zamon» телеканала «Sevimli TV» в репортаже, подготовленном корреспондентом Сохибой Акрамовой. В сюжете были представлены подробности проведённой операции, её значение для дальнейшего развития ребёнка, а также современные подходы, применяемые в центре при лечении онкологических и ортопедических заболеваний у детей.#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube