2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura) qabuli boshlandi
Bolalar saratoni bo‘yicha xalqaro akademik xab 2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga hujjatlar qabuli boshlanganini e’lon qiladi.
Qabul O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridan nomzodlar uchun ochiq.
Ta’lim jarayoni zamonaviy bilimlar, ilg‘or klinik amaliyot va xalqaro tajribani o‘zida mujassam etgan bo‘lib, tinglovchilarga bolalar onkologiyasi, gematologiyasi, immunologiyasi hamda boshqa...
2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura) qabuli boshlandi
Bolalar saratoni bo‘yicha xalqaro akademik xab 2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga hujjatlar qabuli boshlanganini e’lon qiladi.
Qabul O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridan nomzodlar uchun ochiq.
Ta’lim jarayoni zamonaviy bilimlar, ilg‘or klinik amaliyot va xalqaro tajribani o‘zida mujassam etgan bo‘lib, tinglovchilarga bolalar onkologiyasi, gematologiyasi, immunologiyasi hamda boshqa yuqori texnologik tibbiyot yo‘nalishlarida malakali mutaxassis sifatida shakllanish imkoniyatini yaratadi.
Hujjatlar 2026-yil 20-avgust kuni soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.
Hujjat topshirish tartibi:
medtoifa.ssv.uz axborot tizimida ro‘yxatdan o‘ting;
hujjatlarni elektron shaklda topshiring;
nomzod faqat bitta tibbiyot muassasasiga hujjat topshirishi mumkin;
arizani ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida to‘lov amalga oshiriladi.
Belgilangan mezonlarga muvofiq, "Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi" hamda "Bolalar allergologiyasi va immunologiyasi" mutaxassisliklariga qabul qilingan ordinatorlar uchun kontrakt to‘lovini tegishli fond mablag‘lari hisobidan qoplash imkoniyati mavjud.
Qabul jarayoniga oid barcha yangiliklar rasmiy Telegram-kanalda muntazam e’lon qilib boriladi.
Batafsil ma’lumot:
+998 71 203-11-03 (ichki: 1016)
Bugun qo‘yilgan qadam — ertangi malakali mutaxassis va minglab bolalarning sog‘lom kelajagi sari ishonchli yo‘ldir. Sizni jamoamiz safida kutamiz!
──────────────
Стартовал приём в клиническую ординатуру (резидентуру) на 2026/2027 учебный год
Международный академический хаб по детскому раку объявляет о начале приёма документов в клиническую ординатуру (резидентуру) на 2026/2027 учебный год.
Приём открыт для кандидатов из всех регионов Республики Узбекистан.
Обучение сочетает современные знания, передовую клиническую практику и международный опыт, предоставляя возможность стать частью команды специалистов, развивающих детскую онкологию, гематологию, иммунологию и другие высокотехнологичные направления медицины.
Приём документов открыт до 20 августа 2026 года, 23:59.
Для подачи документов необходимо:
зарегистрироваться в информационной системе medtoifa.ssv.uz;
подать документы в электронном формате;
учитывать, что документы можно подать только в одно медицинское учреждение;
оплатить рассмотрение заявления в размере 50% базовой расчётной величины.
Для поступающих на направления «Детская онкология, гематология и иммунология» и «Детская аллергология и иммунология» предусмотрена возможность покрытия стоимости обучения за счёт средств соответствующего фонда при соблюдении установленных критериев.
Все новости приёмной кампании публикуются в официальном Telegram-канале.
Подробная информация:
+998 71 203-11-03 (внутренний: 1016)
Сделайте первый шаг к профессии, которая меняет жизни детей, и станьте частью команды, создающей будущее детской медицины.
#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте
📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube