news
24.07.2026
🇺🇿🤝🇫🇷 Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Fransiyadan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirokida xalqaro missiyaning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi.Kun...
🇺🇿🤝🇫🇷 Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Fransiyadan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirokida xalqaro missiyaning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi.Kun dasturi ta’lim va amaliy tajriba almashishga bag‘ishlandi. Markaz mutaxassislari hamda shifokorlar uchun bir qator ilmiy ma’ruzalar tashkil etildi.Doktor Mari-Dominik Tabon “Neytropeniyali bemorlarda infeksiyalar” mavzusida ma’ruza qilib, ushbu toifadagi bemorlarda infeksiyalarni erta aniqlash, davo...
🇺🇿🤝🇫🇷 Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Fransiyadan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirokida xalqaro missiyaning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi.Kun dasturi ta’lim va amaliy tajriba almashishga bag‘ishlandi. Markaz mutaxassislari hamda shifokorlar uchun bir qator ilmiy ma’ruzalar tashkil etildi.Doktor Mari-Dominik Tabon “Neytropeniyali bemorlarda infeksiyalar” mavzusida ma’ruza qilib, ushbu toifadagi bemorlarda infeksiyalarni erta aniqlash, davolash va profilaktika qilishning zamonaviy yondashuvlari haqida so‘z yuritdi.Doktor Aleksandra Lomon esa “Bolalar gematologiyasi va onkologiyasida gospital gigiyena xizmatining o‘rni” mavzusida ma’ruza o‘qib, kasalxona infeksiyalarining oldini olish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish hamda bemorlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro tajribalar bilan o‘rtoqlashdi.Kunning ikkinchi yarmida gospital registrini yuritish masalalariga bag‘ishlangan ishchi sessiya bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston tomoni tomonidan registrni yuritishning joriy holati taqdim etildi. Fransiyaning AP-HP jamoasi esa minimal tibbiy ma’lumotlarni qayd etish tizimini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirdi.Mazkur uchrashuv va ma’ruzalar bolalar onkologiyasi sohasida zamonaviy bilim va tajribalarni joriy etish, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.──────────────🇺🇿🤝🇫🇷 Второй день международной миссии в Научно-практическом медицинском центре детской онкологии, гематологии и иммунологии был посвящён образовательным мероприятиям и обмену профессиональным опытом.Для врачей и специалистов Центра французские эксперты провели ряд научно-практических лекций.Доктор Мари-Доминик Табон выступила с докладом на тему «Инфекции у пациентов с нейтропенией», представив современные подходы к профилактике, ранней диагностике и лечению инфекционных осложнений у данной категории пациентов.Доктор Александра Ломон прочитала лекцию «Роль службы госпитальной гигиены в детской гематологии и онкологии», уделив особое внимание вопросам профилактики внутрибольничных инфекций, соблюдения санитарно-гигиенических норм и обеспечения безопасности пациентов.Во второй половине дня состоялась рабочая сессия, посвящённая ведению госпитального регистра. Специалисты узбекской стороны представили текущую систему регистрации медицинских данных, а команда AP-HP (Франция) поделилась своими предложениями по совершенствованию системы сбора и учёта минимального набора медицинской информации.Подобные встречи способствуют внедрению передового международного опыта, повышению квалификации медицинских специалистов и дальнейшему развитию сотрудничества в сфере детской онкологии.#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTub