Markazimizda shoshilinch neyroxirurgik yordam ko‘rsatildiBolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘limiga idiopatik trombotsitopenik purpura (ITP) va o‘tkir gidrotsefaliya tashxisi bilan bola og‘ir ahvolda olib kelindi. Bemorning holati jiddiy bo‘lib, ko‘rish qobiliyatining buzilishi, hushning pasayishi hamda tutqanoq xurujlari kuzatildi.Tekshiruvlar natijasida hayot uchun xavf tug‘diruvchi okklyuzion gidrotsefaliya aniqlanib, bunda bosh...
Markazimizda shoshilinch neyroxirurgik yordam ko‘rsatildiBolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘limiga idiopatik trombotsitopenik purpura (ITP) va o‘tkir gidrotsefaliya tashxisi bilan bola og‘ir ahvolda olib kelindi. Bemorning holati jiddiy bo‘lib, ko‘rish qobiliyatining buzilishi, hushning pasayishi hamda tutqanoq xurujlari kuzatildi.Tekshiruvlar natijasida hayot uchun xavf tug‘diruvchi okklyuzion gidrotsefaliya aniqlanib, bunda bosh miya qorinchalaridan likvor oqimi to‘xtashi oqibatida bosh miya ichki bosimi keskin oshgani ma’lum bo‘ldi.Shoshilinch ravishda neyroxirurg, gematologlar, reanimatologlar va anesteziologlar ishtirokida multidissiplinar konsilium o‘tkazildi. Konsilium qaroriga ko‘ra bemorda ventrikuloperitoneal shuntlash (VPSh) amaliyoti bajarildi.Jarrohlik amaliyoti markazimizning tajribali neyroxirurglari jamoasi tomonidan, jumladan neyroxirurg Ekaterina Evstigneeva ishtirokida muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Operatsiya davomida gematologlar, reanimatologlar va anesteziologlarning yaqin hamkorligi ta’minlanib, bemorga zarur kompleks tibbiy yordam ko‘rsatildi.Trombotsitopeniya fonida qon ketish xavfi yuqori bo‘lishiga qaramay, operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi. Hozirda bemorning holati barqaror bo‘lib, reanimatsiya bo‘limida mutaxassislar nazorati ostida davolanishni davom ettirmoqda.Mazkur klinik holat markazimiz mutaxassislarining eng murakkab vaziyatlarda ham tezkor va yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini yana bir bor namoyon etdi.Barcha tibbiyot xodimlariga fidokorona mehnati va hamjihatlikdagi faoliyati uchun minnatdorlik bildiramiz hamda kichik bemorimizga tez fursatda sog‘ayib ketishini tilaymiz.──────────────Экстренная нейрохирургическая помощь в нашем центреВ отделение реанимации Научно-практического медицинского центра детской онкологии, гематологии и иммунологии был доставлен ребёнок с идиопатической тромбоцитопенической пурпурой (ИТП) и острой гидроцефалией. Состояние пациента оценивалось как тяжёлое: отмечались нарушение зрения, угнетение сознания и судорожный синдром.По результатам обследования была диагностирована окклюзионная гидроцефалия — жизнеугрожающее состояние, при котором нарушается отток ликвора из желудочков головного мозга, что приводит к резкому повышению внутричерепного давления.В экстренном порядке был проведён междисциплинарный консилиум с участием нейрохирурга, гематологов, реаниматологов и анестезиологов. По итогам консилиума пациенту выполнено вентрикулоперитонеальное шунтирование (ВПШ).Несмотря на высокий риск кровотечения на фоне тромбоцитопении, оперативное вмешательство прошло успешно. В настоящее время состояние ребёнка стабильно, он находится под постоянным наблюдением специалистов отделения реанимации.Хирургическое вмешательство было успешно выполнено командой опытных нейрохирургов нашего центра, включая нейрохирурга Екатерину Евстигнееву. В ходе операции также была обеспечена тесная работа гематологов, реаниматологов и анестезиологов, что позволило оказать пациенту полный комплекс необходимой медицинской помощи.Данный клинический случай является ярким примером слаженной работы мультидисциплинарной команды центра, готовой оказывать экстренную высокотехнологичную медицинскую помощь даже в самых сложных ситуациях.Выражаем благодарность всем специалистам, принимавшим участие в спасении пациента, и желаем ребёнку скорейшего выздоровления.#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube