news
24.07.2026
Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligida vazir Mixail Murashko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakatning tibbiyot, ilmiy va ta’lim muassasalari rahbarlari hamda soha mutaxassisla...
Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligida vazir Mixail Murashko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakatning tibbiyot, ilmiy va ta’lim muassasalari rahbarlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi. Muzokaralar doirasida tibbiy yordamni tashkil etish tizimini takomillashtirish, sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish, telemeditsinani rivojlantirish, bemorlarni masofadan turib kuzatish hamda tibbiyot kadrlarini tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan ekspertlar sessiyasi o‘tkazildi.T...
Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligida vazir Mixail Murashko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakatning tibbiyot, ilmiy va ta’lim muassasalari rahbarlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi. Muzokaralar doirasida tibbiy yordamni tashkil etish tizimini takomillashtirish, sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish, telemeditsinani rivojlantirish, bemorlarni masofadan turib kuzatish hamda tibbiyot kadrlarini tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan ekspertlar sessiyasi o‘tkazildi.Tomonlar onkologiya, radiologiya, yadro tibbiyoti, gematologiya, shoshilinch tibbiy yordam, tibbiy reabilitatsiya va palliativ yordam sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. O‘zbekiston delegatsiyasi Majburiy tibbiy sug‘urta federal jamg‘armasi, Federal halokatlar tibbiyoti markazi, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Ishlar boshqarmasi tasarrufidagi Markaziy klinik shifoxona va poliklinika hamda «Barvixa» klinik sanatoriysi faoliyati bilan tanishdi. Rossiya tomonidan mamlakatning yetakchi federal ixtisoslashtirilgan markazlari faoliyatini tashkil etishning zamonaviy usullari taqdim etildi. Jumladan, A.F. Tsib nomidagi Tibbiy radiologiya ilmiy markazi, N.N. Bloxin nomidagi Onkologiya milliy tibbiyot ilmiy markazi, Milliy tibbiyot ilmiy gematologiya markazi hamda Dmitriy Rogachyov nomidagi Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va immunologiyasi milliy tibbiyot ilmiy markazi faoliyati haqida ma’lumot berildi.Manba: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi──────────────В Министерстве здравоохранения Российской Федерации состоялась встреча с министром Михаилом Мурашко с участием руководителей и профильных специалистов медицинских, научных и образовательных учреждений двух стран.В рамках переговоров состоялась экспертная сессия по вопросам совершенствования организации медицинской помощи, цифровизации здравоохранения, развития телемедицины, дистанционного наблюдения пациентов и подготовки медицинских кадров.Стороны обсудили развитие сотрудничества в области онкологии, радиологии, ядерной медицины, гематологии, экстренной медицинской помощи, реабилитации и паллиативной помощи.Делегация Узбекистана ознакомилась с деятельностью Федерального фонда обязательного медицинского страхования, Федерального центра медицины катастроф, Центральной клинической больницы с поликлиникой Управления делами Президента РФ и клинического санатория «Барвиха».Российской стороной были представлены современные методы организации работы ведущих федеральных специализированных центров, включая Медицинский радиологический научный центр имени А.Ф. Цыба, НМИЦ онкологии имени Н.Н. Блохина, НМИЦ гематологии и НМИЦ детской гематологии, онкологии и иммунологии имени Дмитрия Рогачёва.Источник: Министерство здравоохранения Республики Узбекистан#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube