news
24.07.2026
SIOP Asia 2026 ochilish marosimida O‘zbekistonning yutuqlari yuksak e’tirof etildiMo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida o‘tkazilgan SIOP Asia 2026 xalqaro kongressining tantanali ochilish marosimi...
SIOP Asia 2026 ochilish marosimida O‘zbekistonning yutuqlari yuksak e’tirof etildiMo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida o‘tkazilgan SIOP Asia 2026 xalqaro kongressining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Nufuzli anjumanda dunyoning turli mamlakatlaridan bolalar onkologiyasi va gematologiyasi sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etdilar.Ochilish marosimida SIOP Asia prezidenti Gevorg Tamonyan o‘zining qutlov nutqida Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-ama...
SIOP Asia 2026 ochilish marosimida O‘zbekistonning yutuqlari yuksak e’tirof etildiMo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida o‘tkazilgan SIOP Asia 2026 xalqaro kongressining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Nufuzli anjumanda dunyoning turli mamlakatlaridan bolalar onkologiyasi va gematologiyasi sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etdilar.Ochilish marosimida SIOP Asia prezidenti Gevorg Tamonyan o‘zining qutlov nutqida Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, professor Jamila Polatovaga alohida minnatdorlik bildirdi.Professor Jamila Polatovaning SIOP Asia faoliyatini rivojlantirish, O‘zbekiston mutaxassislarini xalqaro professional hamjamiyatga faol jalb etish, tashkilot a’zolari safini kengaytirish, mamlakatimizda bolalar onkologiyasi xizmatini takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi alohida e’tirof etildi.Ta’kidlanganidek, bundan ikki yil avval O‘zbekistondan SIOP Asia tashkilotiga a’zo mutaxassislar soni atigi 6 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, kongress o‘tkazilgan davrga kelib ularning soni 250 nafardan oshgan. Ushbu ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston SIOP Asia doirasida a’zolar soni bo‘yicha birinchi, xalqaro miqyosda esa Amerika Qo‘shma Shtatlaridan keyin ikkinchi o‘rinni egallagani qayd etildi.Mazkur natijaga professor Jamila Polatova rahbarligida mutaxassislarni bir maqsad yo‘lida birlashtirish, ularning xalqaro kongresslar, ilmiy dasturlar va ta’lim loyihalaridagi ishtirokini kengaytirish hamda yosh mutaxassislarning professional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash orqali erishilgani ta’kidlandi.Bu yutuq O‘zbekistonda bolalar onkologiyasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tizimli islohotlar, Markaz jamoasining samarali faoliyati va mamlakatimiz mutaxassislarining xalqaro maydondagi nufuzi yuksalganining muhim e’tirofi bo‘ldi.──────────────На церемонии открытия SIOP Asia 2026 были высоко отмечены достижения УзбекистанаВ столице Монголии Улан-Баторе состоялась торжественная церемония открытия международного конгресса SIOP Asia 2026. В престижном мероприятии приняли участие ведущие специалисты в области детской онкологии и гематологии из разных стран мира.В ходе церемонии открытия президент SIOP Asia Геворг Тамонян в своей приветственной речи выразил особую благодарность директору Научно-практического медицинского центра детской онкологии, гематологии и иммунологии, профессору Джамиле Полатовой.Был особо отмечен весомый вклад профессора Джамили Полатовой в развитие деятельности SIOP Asia, активное вовлечение специалистов Узбекистана в международное профессиональное сообщество, расширение членства в организации, совершенствование службы детской онкологии в нашей стране и укрепление международного сотрудничества.Как было отмечено, ещё два года назад число специалистов из Узбекистана, являвшихся членами SIOP Asia, составляло всего 6 человек. К моменту проведения конгресса их количество превысило 250. Благодаря этому показателю Узбекистан занял первое место по числу членов SIOP Asia, а на международном уровне — второе место после Соединённых Штатов Америки.Было подчеркнуто, что таких результатов удалось достичь благодаря работе, проводимой под руководством профессора Джамили Полатовой по объединению специалистов, расширению их участия в международных конгрессах, научных и образовательных программах, а также поддержке профессионального развития молодых кадров.Данное достижение стало важным признанием системных реформ, проводимых в Узбекистане в области детской онкологии, эффективной работы коллектива Центра и укрепления авторитета отечественных специалистов на международной арене.#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube