news
24.07.2026
Surxondaryoda yuqori texnologik a’zoni saqlab qoluvchi rekonstruktiv jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildiBolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ja...
Surxondaryoda yuqori texnologik a’zoni saqlab qoluvchi rekonstruktiv jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildiBolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi jarrohlik bo‘limi shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi A.T. Shukurullayev boshchiligidagi mutaxassislar tomonidan Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yashovchi 17 yoshli bemorda son suyagining distal qismida aniqlangan o‘sma yuzasidan murakkab, yuqori texnologik a’zoni saqlab qoluvchi rekonstruktiv...
Surxondaryoda yuqori texnologik a’zoni saqlab qoluvchi rekonstruktiv jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildiBolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi jarrohlik bo‘limi shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi A.T. Shukurullayev boshchiligidagi mutaxassislar tomonidan Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yashovchi 17 yoshli bemorda son suyagining distal qismida aniqlangan o‘sma yuzasidan murakkab, yuqori texnologik a’zoni saqlab qoluvchi rekonstruktiv-plastik jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.Jarrohlik amaliyotidan oldin bemor zamonaviy diagnostik tekshiruvlardan o‘tkazildi. Multidisiplinar konsilium xulosasi asosida uning holatiga mos individual davolash taktikasi belgilandi.Operatsiya davomida A.T. Shukurullayev va jarrohlik jamoasi tomonidan o‘sma bilan zararlangan suyak qismi sog‘lom to‘qimalar chegarasida radikal tarzda olib tashlandi. Shundan so‘ng oyoqning tayanch-harakat funksiyasini imkon qadar saqlab qolishga qaratilgan zamonaviy rekonstruktiv-plastik jarrohlik usullari qo‘llanildi.Mazkur murakkab amaliyot bolalardagi xavfli o‘smalarni davolashda a’zoni saqlab qoluvchi zamonaviy texnologiyalarni tibbiy amaliyotga keng joriy etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Bunday jarrohlik usullari bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, harakat faolligini saqlab qolish va davolashning uzoq muddatli natijalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Hozirgi vaqtda bemorning umumiy ahvoli qoniqarli. U Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari nazorati ostida reabilitatsiya muolajalarini davom ettirmoqda.Ushbu operatsiya mamlakatimizda bolalar onkologiyasi xizmatini rivojlantirish, hududlarda yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘lamini kengaytirish hamda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy samaradorligini oshirish yo‘lidagi muhim natijalardan biri bo‘ldi.──────────────В Сурхандарьинской области успешно проведена высокотехнологичная органосохраняющая реконструктивная операцияСпециалисты Научно-практического медицинского центра детской онкологии, гематологии и иммунологии под руководством врача хирургического отделения, кандидата медицинских наук А.Т. Шукуруллаева успешно провели сложную высокотехнологичную органосохраняющую реконструктивно-пластическую операцию 17-летнему пациенту из Ангорского района Сурхандарьинской области с опухолью дистального отдела бедренной кости.Перед хирургическим вмешательством пациент прошёл комплекс современных диагностических обследований. На основании заключения мультидисциплинарного консилиума была определена индивидуальная тактика лечения с учётом особенностей заболевания и общего состояния пациента.В ходе операции А.Т. Шукуруллаевым и хирургической бригадой поражённый опухолью участок кости был радикально удалён в пределах здоровых тканей. После этого были применены современные реконструктивно-пластические методы, направленные на максимально возможное сохранение опорной и двигательной функций конечности.Проведение данной сложной операции является важным шагом в расширении применения современных органосохраняющих технологий при лечении злокачественных опухолей у детей. Подобные хирургические методы способствуют улучшению качества жизни пациентов, сохранению двигательной активности и повышению эффективности отдалённых результатов лечения.В настоящее время общее состояние пациента оценивается как удовлетворительное. Он продолжает проходить реабилитационные мероприятия под наблюдением специалистов Научно-практического медицинского центра детской онкологии, гематологии и иммунологии.Успешное проведение операции стало одним из значимых результатов работы по развитию детской онкологической службы, расширению доступности высокотехнологичной медицинской помощи в регионах и повышению эффективности реформ, реализуемых в системе здравоохранения страны.#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube📱Instagram | 😎 Telegram | 📱 Facebook | 📺 YouTube